-

"Real" va yana ikki klub Demiralga xaridor. "Yuve" uni 50 mln evroga sotmoqchi

"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral tez oradani klubini o'zgartirishi mumkin.

Italiya klubi 22 yoshli himoyachi bilan 50 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor. SHu bilan birga "Yuventus" o'yinchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga berib yubormoqchi emas.

Qayd etilishicha, Turkiya terma jamoasi o'yinchisiga "Real", "Atletiko", "Liverpul", "Tottenxem" va "Lester" klublari qiziqish bildirmoqda.

Demiral o'yin amaliyotidan norozi. U klubini o'zgartirmoqchi, sababi u 2021 yilning yozida bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ishtirok etmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.