Mbappening yana bir yil "PSJ" da qolishi haqidagi xabar, "Real Madrid" rahbariyatini hech qanday hayratga tushishiga sabab bo'lmadi. Reja belgilanganidek ishlamoqda, deya xabar beradi "AS" nashri.
Ispan nashri xabariga ko'ra, Mbappening ahvoli bilan tanish manbalardan olgan ma'lumotiga ko'ra, futbolchi Fransiya chempionati to'xtatilgandan keyin, Parij jamoasi bilan amaldagi shartnomasini yangilash bo'yicha so'nggi taklifni yana bir bor kechiktirdi.
Bu taklifga iqtidorli futbolchi: "Menga o'ylash uchun biroz ko'proq vaqt kerak", - deb javob berdi.
Shundan so'ng, futbolchi klubdagilarning xotirjamlikni saqlash uchun, klubda qolishni xohlayotgani haqida bayonot berishga rozi bo'ldi. Bu esa 2021 yilning yozida "Real Madrid" bilan ehtimoliy tuzilishi kutilayotgan kelishuvga ta'sir qilmaydi.
Manba: www.as.com

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.