"Real"ga o'tishi kutilayotgan futolchiga "Liverpul" taklif berdi


"Liverpul" rahbariyati Avstriya terma jamoasi va "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun Madridning "Real" bilan kurashmoqchi.

Mersisaydliklar yozda "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlanadigan 28 yoshli futbolchi uchun ilk taklifni berdi.

Klub Alaba bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor. Himoyachiga yiliga 10 million evrolik shartnoma taklif qilingan.

David "Bavariya"da 2009 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Ammo, o'yinchining bosh maqsadi Ispaniyada o'ynash, aniqrog'i "Real" libosini kiyish.

Manba: www.championat.asia


1 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив