Uch nafar yulduz hujumchi "Real" transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritildi


"Real Madrid" 2021 yilning yozida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi, deya xabar berdi Ok Diario.

Manbaga ko'ra, qirollik klubi bugungi kunda hujumchi poziciyasiga uchta nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Asosiy variant – PSJ hujumchisi Kilian Mbappe, muqobil variant – "Borussiya Dortmund" azosi Erling Xoland, zaxira varianti esa – "Tottenxem" vakili Son Xyon Min.

Franciyalikning transfer narxi 180 million evroga, norvegiyalikniki 100 millionga, koreyalik o'yinchiniki esa 90 millionga baholanmoqda.

Manba: www.championat.asia


7 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив