"Arsenal"ga "Real"dan ajoyib taklif yuborlidi


"Qirollik klubi" keyingi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

OAVda "Real Madrid" rahbariyati qimmat transferlarni amalga oshirish uchun mablag' sarflamasligini e'lon qilgan bo'lsa-da, klub prezidenti Florentino Peres boshqacha yo'l tutishga qaror qildi. Jamoa hujumchisi Mariano Dias va vinger Lukas Vaskesni Londonga jo'natib, ularning o'rniga 31 yoshli gabonlik hujumchini olib kelmoqchi.

"Real Madrid" mutasaddilari Obemayang sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o'tish uchun "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmasligiga, "kanonirlar" esa uning o'rniga ikkita futbolchini olish taklifiga ko'nishiga ishonishmoqda.

Manba: www.sport.es


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив