"Real" futbolchisi koronavirusga chalindi


"Real" himoyachisi Nacho Fernandes koronavirusga musbat test topshirdi.

Qayd etish kerakki, Nacho koronavirus sabab "qaymoqranglilar"ning so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi. Futbolchining ilk testi manfiy natija bergandi.

31 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Real" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Nacho Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Qirollik klubi" Zinedin Zidan qo'l ostida Ispaniya chempionatida 19 turdan so'ng 40 ochko jamg'ardi va ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: CA


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.