"Real" Mbappe bilan yozda shartnoma imzolashga urinib ko'radi. PSJ esa...


"Real" yozda qiyin bo'lishini tushunsada, PSJ forvardi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Klub pandemiya sabab qiyin holatda, ammo "Real" jahon darajasidagi futbolchi sotib olinishi kerak deb hisoblaydi.

PSJ shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Mbappe bilan xayrlashish imkoniyatlarini o'rgamoqda. Agar u shartnomani uzaytirmasa, parijliklar uni yozda 150-160 mln evroga sotishlari mumkin.

"Real"da transferlar uchun 125 mln evro bor, ammo ular baribir o'yinchi sotishlari kerak.

Madrid klubi PSJning Vinisius va Tibo Kurtuaga qiziqishini biladi. "Real" belgiyalikning transferini muhokama qilmoqchi emas, braziliyalik esa muzokaralarga kirishi mumkin. PSJ shuningdek Varan va Kazemiroga ham qiziqmoqda.

Manba: CA


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.