Ramos bugun tizzasidan operaciya qilinadi. U 6-8 haftani o'tkazib yuborishi mumkin


"Real" himoyachisi Serxio Ramos bugun jarohat olgan tizzasidan operaciya qilinadi.

Futbolchi bir necha kundan buyon tizzasida noqulaylik his qilmoqda, shu sabab maslahatlashuvlardan so'ng operaciya o'tkazishga qaror qilindi. Ispaniyalik futbolchining tiklanish muddati - 6-8 hafta.

SHunday ekan Ramos kamida 8ta o'yinni, shuningdek CHL 1/8 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi. U shuningdek La Liga doirasidagi "Atletiko", "Real Sosedad", "Xetafe", "Valensiya", "Valyadolid" va "Selta" jamoalariga qarshi o'yinlarda ham maydonga tushmaydi.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli o'yinchining "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va tomonlar hozircha bitimni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti.

Manba: CA


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.