ABC: "Real Madrid" Ramosga muhlat belgiladi


Uzoq davom etayotgan masala yakuniga yaqinlashmoqda.

Avvalroq, Ramos ortiqcha muzokaralarga hojat yo'qligi va shartlarini aytgandi. Bu masalaning cho'zilib ketgani "qirollik klubi"ning ham joniga tekkan ko'rinadi, jamoa futbolchiga bir qarorga kelish uchun muhlat belgiladi. Unga ko'ra, Serxio Ramos kelajagi borasidagi qarorini mart oyigacha klubga malum qilishi kerak. 

Eslatib o'tamiz, klub oylik maoshining 10%ga kamayishi va ikki yillik shartnoma taklif qilgandi. Endi futbolchi yo shu shartga ko'nishi, yoki o'ziga boshqa klub izlashi mumkinligini aytilgan.

Takidlash lozim, ispaniyalik himoyachining xizmatlariga bir qator grandlar qiziqish bildirgan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.