"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Garet Beylning "Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu bilan kelishmovchiligi haqida gapirdi.
"Murabbiy sifatida Beylga eng yaxshi tilaklarni tilayman. U va Mourinyu o'rtasida nima bo'lganini bilmayman.
Garetda ham "Real"ning boshqa futbolchilari singari hammasi yaxshi deb umid qilaman", – deya Zidanning so'zlarini keltirmoqda AS.
Beylning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.
Sentyabr oyidan buyon "Tottenxem" safida ijarada harakatlanayotgan futbolchi hozirgacha 15 uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdi.
Manba: www.championat.sia

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.