"Real" Xolandni 8 million evro evaziga xarid qilishi mumkin edi


Hujumchi Erling Xoland uch yil oldin Madridning "Real" klubida o'ynashi mumkin edi.

"Qirollik klubi" norvegiyalik futbolchiga "Molde"da o'ynab yurgan paytlaridayoq qiziqish bildirishgan. 

"Qaymoqranglilar" o'yinchini 8 million evroga xarid qilishlari mumkin edi, ammo klub uning o'rniga Braziliya bozori (Vinisius, Reynier va Rodrigo)ga etiborini qaratgan edi.

Erling ayni damda Dortmundning "Borussiya" klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum ichki chempionatda 16ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.