"O‘ylashimcha, "Real"ga qarshi o‘yinda barchasi joyida bo‘ladi. Mendi diskvalifikasiya qilingan, lekin qolgan o‘yinchilar yaxshi formada bo‘ladi. Mashg‘ulotda qandaydir fojia ro‘y bermasa, barcha yaxshi yuqori formada bo‘ladi. Men barcha futbolchilarning xizmatidan foydalanishim mumkin.
"Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga to‘g‘ri tayyorlanishimiz kerak. "Norvich"ga qarshi bahs hamda keyingi haftadagi mashg‘ulot "Madrid"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Har bir o‘yin qaysi futbolchining qanday tayyorgarlikka ega ekanini ko‘rib olish uchun imkoniyat", – dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Real" o‘yini 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Madridda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Manba: www.std.uz

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.