"Real" Benzemaning 7 martda "Atletiko"ga qarshi o'yinga qaytishini kutmoqda


"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema shu haftada maydonga qaytishi mumkin.

Futbolchining jarohatdan qutulish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda va uning 7 martdagi La Liga doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinga qaytishi kutilmoqda.

SHu bilan birga Benzma dushanba kungi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinni maydon tashqarisida o'tkazib yubordi, o'z o'rnida poytaxt klubi hujumchining sog'ligi bilan tavakkal qilmadi.

Benzema joriy mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.