Ramos qancha muddatga safdan chiqqani malum


“Real” rasmiy sayti jamoa sardori Serxio Ramos jarohat olgani haqida xabar berdi.

35 yoshli himoyachining oyoq mushaklari shikastlangan.

Jurnalist Xose Luis Sanches xabar berishicha, Ramos 1 oyga safdan chiqqan.

U ECHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi ikkala o'yinni va 10 apreldagi “Barselona” bilan “El Klasiko”ni ham o'tkazib yuboradi.

Ispaniyalikning o'zi ham Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali oldindagi muhim uchrashuvlarda jamoasiga yordam berolmasligini tasdiqladi.

Manba: www.championat.asia


0 2
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив