-

Eshitdik-da. Rafael Varan "Real"dan ketadi

Markaziy himoyachi Rafael Varan yozgi transfer oynasida katta ehtimol bilan "Real"dan ketadi.

28 yoshli futbolchining taqdiri hal bo'lgan. "Qaymoqranglilar" shartnoma yakunlanayotgani bois o'yinchini sotishga tayyor. Varanning o'zi kuchini boshqa Evropa chempionatida sinab ko'rmoqchi.

Oldinroq xabar berilganidek, Rafael Angliya klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Unga "CHelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Varan o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


4 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.