"Liverpul" Mbappening transferi bo'yicha taklif bilan chiqdi. O'yinchi faqat "Real"ni xohlamoqda

"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun yagona davogar emas.

"Liverpul" PSJga forvardni yozda xarid qilish borasida taklif yubordi.

Bitim bu transfer oynasida amalga oshishi deyarli imkonsiz. Mbappe 2022 yilning yozida klubini o'zgartirish ehtimoli bor. Parijliklar "Liverpul"ga francuz yozgi transfer oynasida sotilmasligini tushuntirishdi.

Klub Mbappeni qolishga ko'ndirmoqchi va katta transferlar amalga oshirgan holda, futbolchiga PSJning katta maqsadlari borligini ko'rsatishni rejalashtirmoqda. Pol Pogba, Serxio Ramos va Krishtianu Ronalduni taklif etish variantlari o'rganilmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Mbappe "Real"ga o'tmoqchi. Boshqa klublar uni qiziqtirmaydi.

22 yoshli forvard o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Manba: CA


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.