Vinisiusga 2ta top klublari qiziqish bildirmoqda u jamoadan ketadimi?

Vinisius Junior Yevropaning ikkita top-klubiga qiziqish bildirmoqda. "El Chiringuito" xabariga ko‘ra, "Liverpul" va "Pari Sen-Jermen" braziliyalikni sotib olishga harakat qilmoqda.

Katta ehtimol bilan Florentino Peres Vinisiusga yuqori narx qo‘yishi mumkin, chunki klub ushbu transfer oynasida Kilian Mbappeni sotib olmoqchi. "Real Madrid" prezidenti bir necha bor bu haqda gapirgan. Klubning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda, Madrid hujumchisi uchun katta narxni kutish mumkin.

Vinisius hech qachon o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmagan. 20 yoshli futbolchi "Qaymoqranglilar" safida 118ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, atigi 14ta gol va 23ta golli pas berishni uddalagan. Gollarning ba’zilari juda muhim bo‘lgan bo‘lsa-da, hujumchi uchun bunday ko‘rsatkichni munosib deb hisoblash mumkin emas.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.