"Real" Varan transferi bo‘yicha "MYU" bilan muzokara olib bormoqdap

"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Rafael Varan transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.

"Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi "Manchester Yunayted"ga 28 yoshli fransuz futbolchisi bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, "PSJ" futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy tarzda kuzatmoqda, sababi mazkur klub ham ushbu yozda Rafaelni tarkibida ko‘rmoqchi.

Varananing "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Shu sababli, "Manchester Yunayted" imkon qadar futbolchining narxini tushirishga harakat qilmoqchi.

O‘tgan mavsumda Varan La Liga doirasida 41 o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishgan.

Manba: www.tribuna.com


0 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.