"Real" prezidenti Peresning navbatdagi kirdikori fosh etildi

OAVga yangi malumotlar sizdirildi.

Ispaniyaning "El Confidencial" gazetasi Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresga tegishli audioyozuvning navbatdagi qismini tarqatdi. Bu gal Peresning ispan matbuoti nazoratini o'z qo'liga olishi haqidagi kirdikorlari ochildi.

"Marca" gazetasi va TVE telekompaniyasi uchun kurashishimiz kerak. Bu orqali biz ularni maxf etamiz. "El Rondo" dasturi yo'q bo'ladi va uning o'rniga "Real" dasturi ishga tushadi. "Marca" va TVEni qo'lga olsak, qolgan hamma o'z o'zidan ishdan chiqadi. Ammo hozir "Marca" va TVE birga ekanligi odamni qo'rqitadi",  – degan Florentino Peres.

Oldinroq Florentino Peres Ronaldu va Mourinyuni esi past deb atagani malum bo'lgandi.

Manba: www.championat.asia


1 2

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.