"Barsa" o'z futbolchisi bilan kelisha olmayapti. Bunga "Real" sabab bo'lishi mumkin

"Barselona" va yarim himoyachi Ilaysh Moriba o'rtasida shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

Goal.com saytining xabar berishicha, kataloniyaliklar bu borada "Real"dan shubha qilishmoqda. Moribaning shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. "Barsa" agar shartnomani uzaytirmasa futbolchini mavsumoldi yig'inlarga qo'ymasligini malum qilgan. 

Kataloniyaliklar aynan "Real" futbolchining boshini aylantirmoqda degan shubhaga borishmoqda. Futbolchining vakillari esa buni inkor qilishdi. 

Manba: www.tribuna.com


0 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.