"Real" Mbappe uchun 220 mln evro taklif qilgandi. ammo PSJ bu taklifni qabul qilmadi

Kilian Mbappe PSJda qoldi, klub rahbari uni qo'yib yuborishni xohlamadi va majburan ushlab qoldi.
 
"Sky Sports" — nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" Mbappe uchun 220 mln evro taklif qilgan. Parijliklar esa ushbu narxga ham futbolchini qo'yib yuborishni xohlashmadi va bundan ko'zlagan maqsadi esa quyidagicha.

Qayd etish joizki, Mbappening transferi ushbu yozda amalga oshmadi, ammo bu transfer umuman amalga oshmaydi degani emas. Parij klubi rahbariyatining bundan ko'zlagan maqsadi futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash uchun etarli vaqtga ega bo'lish edi. Biroq bu umidlari qanchalik ushalishini vaqt ko'rsatadi, agar voqeyalar rivoji shu zaylda davom etadigan bo'lsa, "Real Madrid" keyingi yozda futbolchini bepul qo'lga kiritishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Real" Mbappe uchun savdolarni 160 mln yevro narx bilan boshlagandi va yakunda 220 mln yevrogacha narx oshirildi.

Manba: www.tribuna.com


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.