Figu: "Real" Ronaldusiz ham chempion bo‘lish yo‘lini topdi"


"Real Madrid"ning sobiq yarimhimoyachisi Luish Figu "qaymoqranglilar"ning Krishtianu Ronaldusiz ham Ispaniya Primerasida chempionlikka erishganiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Krishtianu "Real Madrid" uchun, "Real Madrid" Krishtianuga juda zarur edi. Uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, ammo klub usiz ham chempion bo‘lish yo‘lini topdi", – deb Figuning so‘zlarini keltiradi "AS".

Ma’lumot uchun, Ronaldu "Real Madrid"da 2009 yildan 2018 yilgacha o‘ynagan, so‘ng Turinning "Yuventus"iga o‘tgan. U "Real Madrid" safida 2 martadan La Liga va Ispaniya Kubogida, 4 bor Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

Manba: www.as.com



0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.