"Real"ga "Leypcig"ning 24 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolash taklif etildi

"Leypcig" "Real" rahbariyatiga 24 yoshli xavbek Kristofer Nkunku bilan shartnoma imzolashni taklif etdi.

Klub o'yinchi bilan kelasi yozda 50 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Xavbekning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Nkunku joriy mavsum "Leypcig" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 43 million evroga baholamoqda.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив