"Real Madrid" "Zalsburg"ning 18 yoshli to‘purariga qiziqish bildirmoqda

"Real Madrid" o‘z tarkibini "Zalsburg" hujumchisi Benjamin Sheshko bilan kuchaytirmoqchi, deb xabar beradi Get Spanish Football News.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 18 yoshli futbolchiga «Bavariya», «Manchester Siti» va «Liverpul» bilan bir qatorda da’vogarlik qilmoqda.

Istiqbolli sloveniyalikning bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Sheshko «Zalsburg» tarkibida 16 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 3 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив