"Barselona" sobiq futbolchisi "Real"ga o‘tishi mumkin

Defansa Central nashri xabariga ko‘ra, "Barselona"ning 18 yoshli sobiq futbolchisi, hozirgi kunda Germaniyaning "Leypsig"da to‘p tepadigan Ilaysh Moriba yana Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, yosh yarimhimoyachi "Real Madrid" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Futbolchining narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ilaysh Moriba o‘tgan yili Kataloniyadan "Buqalar" lageriga ko‘chib o‘tgan edi. Hozirgi mavsum doirasida futbolchi atigi 11 daqiqa maydonda o‘ynagan.

Manba: www.tribuna.com


0 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив