-

PSJ Vinisiusga yiliga 14,5 mln funtlik maosh taklif qiladi va unga ...

PSJ o'z tarkibiga "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni qo'shib olmoqchi.

Parij klubi 20 yoshli braziliyalik futbolchiga yiliga 14,5 mln funt (haftasiga 275 ming funt) taklif qilishga tayyor. PSJ Vinisiusga "Real"ga ketishi mumkin bo'lgan Mbappega o'rinbosar sifatida qaramoqda.

Madrid klubi o'z navbatida shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Vinisiusni saqlab qolishga urinadi. "Qaymoqranglilar" yangi shartnomaga ko'ra, uning maoshini yiliga 2,8 mlndan 6,7 mln funtga qadar ko'tarishadi. SHuningdek shartnomada forvardning natijalari borasida bonuslar ham bo'ladi. 

Vinisiusning xizmatlariga shuningdek "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Hujumchi joriy mavsum "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Manba: CA


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.