-

"Real Madrid" Iskoning kelajagi borasida qaror qabul qildi

Madridning "Real" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Iskoning kelajagi borasida qaror qabul qildi.

"Blankos" rahbariyati futbolchiga yangi klub qidirishni tavsiya qildi. Isko "galaktikos"ni qishki transfer oynasida tark etishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq futbolchining Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkinligi borasidagi malumot tarqalgan edi. Unga shuningdek Tumanli Albiondan ham qiziqish mavjud.

29 yoshli yarim himoyachi 2013 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.