-

Eshitdik-da. "Real"ning sobiq futbolchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin

"Yuventus"da ijarada o'ynayotgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morata "Barselona" qiziqishlari doirasida.

Eshitdik-da. "Real"ning sobiq futbolchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin

"Marca" xabariga ko'ra, ushbu transferning amalga oshishi oson bo'lmaydi. Ammo 29 yoshli forvard bilan "Barsa" ustozi Xavi gaplashib ko'rgan.

Agarda "Barselona" ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, klub katta maosh oluvchi biror futbolchisi bilan xayrlashishi kerak bo'ladi.

"Yuventus"da esa futbolchini sotib olish imkoniyati bor. Ammo hozirda Turin klubi bo'lajak muzokaralarda qaysi poziciyada bo'lishi aniq emas. CHunki so'nggi paytlarda "Yuve" ham Kataloniya klubi kabi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Morata "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010-2014, shuningdek, 2016-2017 yillarda jamoa tarkibida o'ynagan. 2019 yilda esa u "Atletiko"ga o'tib ketgandi.

Ushbu mavsumda u "Yuventus" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 7 gol va 2 assist qayd etdi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив