-

Uels JCH-2022ga chiqsa, Beyl APL yoki CHempionship klubiga o'tadimi?

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl agar Uels terma jamoasi 2022 yilgi JCHga chiqsa, APL yoki CHempionship klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli uelslik "Kardiff" yoki "Suonsi" (ikkisi ham Uels klublari) variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 uchun pley-off o'yinlarida uelsliklarning yarim finaldagi raqiblari Avstriya terma jamoasi bo'ladi.

Beyl joriy mavsum "Real" tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив