Unga ko‘ra, Transfermarkt xodimlari "Barselona" hujumchisi Lionel Messini birinchi pog‘onaga qo‘ygan. Ikkinchi o‘rinda "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" sobiq forvardi, hozirda "Yuventus"da to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu qayd etildi.
"Real Madrid" va "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kuchli beshlikdan braziliyalik hujumchilar Ronaldo va Ronaldinyo o‘rin oldi.
Top-10 lik bilan tanishing:
1. Lionel Messi («Barselona»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»*)
3. Zayniddin Zidan («Real»)
4. Ronaldo («Real»)
5. Ronaldinyo («Barselona»)
6. Andres Inyesta («Barselona»)
7. Tyerri Anri («Arsenal»)
8. Xavi («Barselona»)
9. Paolo Maldini («Milan»)
10.Luish Figu («Real»)
* — futbolchi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa
Manba: www.stadion.uz

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.