-

"Xetafe" Brahim Diaz va Borxa Mayoralni ijaraga olmoqchi

"Xetafe" prezidenti Anxel Torres "Qirollik klubi"ga shaxsan murojaat qiladi va Brahim Diaz va Borxa Mayoralni ijaraga olish istagini ma'lum qildi.

Madrid klubi rahbariyati Brahimni "Xetafe"ga ijaraga berishiga klublar o'rtasidagi munosabat tufayli rozi bo'lishi mumkin: "ko'klar" bu masalada munosib variant va futbolchi uchun esa o'z navbatida turmush tarzini tubdan o'zgartirish ham shart emas.

Ushbu mavsumni "Levante"da ijarada o'tkazgan hujumchi Borxa Mayoral bilan vaziyat yanada murakkab. "Xetafe"dan tashqari "Latsio" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, bu mish-mishlarga ko'ra, transfer uchun 15 million evro to'lashga tayyor va futbolchiga foydali shartnoma taklif qilmoqda. Ammo, Madridliklar 20 million talab qilmoqda.

Bundan tashqari, "Xetafe" tarkibiga ushbu yakunlangan mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazgan o'ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosola va "Kastilya"da o'ynaydigan 18 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Reyner ham qo'shib olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun biroz oldin, Ronaldo ham o'zing "Valladolid" klubiga braziliyalikni ijaraga olish niyati borligini ma'lum qilgandi.

Bordalas boshchilik qilayotgan klub keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish uchun kvalifikatsiyada qatnashadi va shu sababli jamoani kuchaytirmoqchi.

Manba: www.realmadrid.ru



0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.