-

Ramos yozda "Real"ga qanday moliyaviy shartlar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Serxio Ramos va Florentino Peres o'rtasida o'tgan yili olib borilgan muzokaralar tafsilotlari matbuotda paydo bo'ldi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, Ramos "Real"da "Barselona"dagi Jerar Pikedan kamroq maosh olganidan norozi bo'lgan. Aytilishicha, futbolchi hatto Pikening daromadlari haqidagi malumotlarni tekshirish uchun Kataloniya klubidagi odamlar bilan bog'langan.

Sport nashrining yozishicha, Ramos Peresdan Pike darajasidagi yoki undan ham yuqoriroq maosh so'ragan. Muzokaralar esa muvaffaqiyatli yakunlanmadi.

Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida Serxio Ramos "Real"dagi o'n olti yillik faoliyatidan so'ng "PSJ"ga o'tgandi.

Manba: CA


5 3

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.