-

"Hozir yoki hech qachon!" - "Real" Mbappega ultimatum qo‘ydi

"Real" "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappega bosim o‘tkazishda davom etmoqda.

Madridliklar fransiyalik futbolchi bilan shu yilning yozida tekinga shartnoma imzolamoqchi. Biroq, parijlik rahbarlar ham quruq qo‘l bilan o‘tirishmayapti.

"PSJ" Mbappega fantastik maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Angliya matbuotining tarqatgan xabariga ko‘ra, "Real"ga futbolchining atrofida bo‘layotgan voqealar yoqmayapti.

"Real" Mbappening vakillariga futbolchining kelajagiga yaqin vaqtlar ichida oydinlik kiritib olish kerakligini bildirdi. "Real" futbolchidan javobni mavsum oxirigacha kutib o‘tirish niyatida emas.

Manba: www.tribuna.com


3 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.