-

Rahbariyat charchadi. "PSJ" Mbappega muhlat berdi

"PSJ" Kilian Mbappening yakuniy qarorini mavsum yakuniga qadar kutmoqchi emas.

Parij klubi rahbariyati mish-mishlardan charchagan. Parijliklar rahbariyati Mbappega kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun bir oydan kamroq vaqt berdi.

Ispaniya matbuotining yozishicha, Mbappe mart oyining o‘rtalaridan kechiktirmay javob berishi kerak. Agar futbolchi yana aniq qarorini aytmasa, u holda "PSJ" to‘purar bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralardan voz kechadi.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Mbappega haftasiga 1,2 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Manba: www.tribuna.com


3 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.