-

"Bavariya" futbolchisi "Real"ning diqqat markazida va klub uning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

"Bavariya" vingeri Serj Gnabri "Real"ning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylandi.

Oldinroq, Germaniya terma jamoasining 26 yoshli hujumchisi myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari yuqori maosh sababli to‘xtab qolgani ma’lum bo‘lgandi. Gnabri jamoadoshlari Leroy Sane va Kingsli Koman kabi yiliga 15 million yevro olishni xohlamoqda, ammo "Bavariya" rahbariyati hali bunday shartlarni qabul qilishga tayyor emasligini bildirdi. 

Sport1 nashri xabariga ko‘ra, "Real Madrid" vaziyatni kuzatib bormoqda, agar kelajakda Azar, Beyl va Rodrigo jamoadan ketsa, Serjni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Gnabri va "Bavariya" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt nemis futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda.

Manba: www.sport.es


2 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.