-

"Real"ning nishonidagi Ispaniyalik yarim himoyachi "Arsenal"ga o'tishi mumkin

"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Futbolchining o'zi London klubiga o'tishni xohlamayapti. U "Real" va PSJdan taklif kutmoqda.

Ruis joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi. Futbolchi "Napoli" tarkibida 2018 yildan beri o'ynaydi.

Futbolchining shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Ruisni 55 million evroga baholamoqda.

Manba: www.tribuna.com


2 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.