Ramos MMA yulduzi Konorning zarba berish mahoratiga qoyil qoldi va uni Madridga taklif qildi


"Real Madrid" himoyachisi Serxio Ramos UFC sobiq jangchisi Konor MakGregorni klubning mashg'ulotlarida qatnashishga taklif qildi.

Irlandiyalik sportchi o'zining Instagramdagi sahifasiga bir necha kun oldin, mahalliy klub "Blackforge" klubidagi o'zining malaka oshirish mashg'ulotlari videosini joylashtirdi.

Shundan so'ng Madrid klubi sardori Ramos quyidagi fikrni bildirdi: "Real Madrid" mashg'ulotlarini yaxshi ko'rasizmi? Bizga har doim qo'shilishingiz mumkin, xush kelibsiz" 

Ikki vazin bo'yicha sobiq UFC chempioni Madrid klubi sardori Ramosning ashaddiy muxlisi bo'lib, unga so'nggi yillardagi o'z taassurotlarini izhor qilib kelmoqda. Endi ular birgalikda Madridda mashg'ulotlarda qatnashishi mumkin.

Manba: www.tribuna.com


3 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив