-

Ispaniyalik jurnalist Xoland nega "Real"ga o'tmaganini aytdi

Ispaniyalik taniqli jurnalist Gilem Balage Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland nega "Real"ga o'tmaganini aytdi.

"So'nggi ikki haftada Benzemada nimadir sodir bo'ldi. Bu Erlingni o'ylashga majbur qildi: "Bilasizmi, men "Real"ga ikki-uch yildan so'ng o'tishim mumkin". "Manchester Siti" aynan shunday taklif berdi. Bu faqatgina moliyaviy tomondan ajoyib taklif bo'lmadi. "Manchester Siti" Xolandga aytdi: "Sen yoshsan, bizda ikki yoki uch yilni o'tkaz, biz senga yaxshi imkoniyatlar beramiz, "Real" esa doimo oldinga bo'ladi.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "Real" hujumchisi Karim Benzema bo'lmaganida, 21 yoshli norvegiyalik Madrid klubi o'yinchisiga aylangan bo'lardi.

"Real" va "Barselona"ning jozibadorligi "Manchester Siti" taklif etishi mumkin bo'lgan har qanday narxdan yuqoridir", - deydi Balage.

Xoland joriy mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 7ta assits qayd etdi. Hujumchining Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.marca.com


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.