-

Marko Asensio "Real"da qolishi mumkin. U ketmoqchimidi?

Madridning "Real" vingeri Marko Asensio klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" Asensioga yiliga 7 mln evro maosh bilan 2026 yilga qadar shartnoma taklif qildi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Asensio "Real"ga 2015 yilda "Malorka"dan 3,9 mln evro evaziga o'tgandi. Transfermarkt o'yinchini 40 mln evroga baholamoqda.

26 yoshli ispan joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.