"Real" hujumchisi koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi


Madridning "Real" klubi forvardi Mariano Dias koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Manbada aytilishicha, 26 yoshli dominikanalik futbolchining 27 iyul kuni topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Klub futbolchini o‘zini yakkalash tartibiga olgan va u shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Ispaniyada COVID-19 infeksiyasidan kasallanishlarning yangi to‘lqini qayd etilgandi. Shu bois Madridda qat’iy karantin choralari kuchaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" ECHL 1/8 final bosqichi doirasida 7 avgust kuni Angliyada "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: www.tribuna.uz



0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.