-

"Bavariya" "Real"ga keraksiz futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

"Bavariya" "Real" hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS.

24 yoshli hujumchining o‘zi ham mavsum yakunida Madrid klubini tark etib, Germaniyaga qaytishga qarshi emas.

Shuningdek, futbolchiga Angliyaning "Arsenal", "Tottenxem" va "Vest Xem" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Real" serbiyalik futbolchini 2019 yilda "Ayntraxt"dan 60 million yevro evaziga sotib olgan edi. Uch yil davomida hujumchi ispan klubi safida bor yo‘g‘i 49 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 3 ta gol urgan.

Manba: www.as.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.