-

"Real" forvardi o'z xizmatlarini "Borussiya D"ga taklif qildi

Madrid klubining serbiyalik hujumchisi Luka Yovich Dortmundning “Borussiya” klubiga o'tmoqchi.

"Real" forvardi o'z xizmatlarini "Borussiya D"ga taklif qildi

Manbaning xabar bereshicha, futbolchining o'zi Germaniya klubi rahbariyati bilan bog'lanib, xizmatlarini taklif qilgan. Biroq hozircha "Borussiya" uning taklifiga hech qanday munosabat bildirgani yo'q, garchi yozda klub asosiy hujumchisi Erling Xolandni yo'qotishi mumkin.

Yovich "Real"ga 2019 yilda Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 63 million evro evaziga o'tgan edi. 

24 yoshli hujumchi joriy mavsumda "qirollik klubi" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 marta assistent vazifasini bajardi. Uning jamoa bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.marca.com


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив