Martin Edegor "Real"ning bir qarorga kelishini kutmoqda


Martin Edegorning kelajagi halicha 100% aniq bo'lib ulgurmagan.

"Real Madrid" va "Real Sosedad" hali ijara muddati uzaytirilishini e'lon qilishmadi. Dastlab Edegor "Sosedad" safida ikki mavsum o'ynashi rejalashtirilgan edi, ammo shartnomaning faqat bir yilligi imzolangan, chunki Ispaniyada uzoqroq muddatga ijara shartnomalarini tuzish mumkin emas.

"Real Sosedad" ham, Martin Edegor ham joriy mavsum yakunlanganidan keyin hamkorlikni davom ettirish istagi borligini bir necha bor ta'kidlashgan. Futbolchining o'zi, o'tgan yili taqdimot marosimida, klubda ikki mavsum o'ynash niyatida ekanligini va yil davomida buni takrorlab, yangi jamoada baxtli ekanligini aytib keldi.

Edegor "Real Sosedad" safida o'ynash uchun qaytishiga haqida shubha yo'q. Mavsum yakunida u jamoasiga o'z maqsadlariga erishishda va Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishiga yordam berish uchun o'ng tizzasida og'riq bilan o'ynadi.

Manba: www.realmadrid.ru


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Bektosh Amerov
Bektosh Amerov от 29 июля 2020 19:04
Edegorni Realga qaytarish kerak manimcha
Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив