-

Eshitdik-da. "Osasuna" Kuboni ijaraga olmoqchi

"Real Madrid"ning 19 yoshli futbolchisi Takefusa Kubo Ispaniyada yozgi transfer bozorining asosiy qahramonlaridan biri bo'lishi mumkin.

"AS" - nashri ma'lumotiga ko'ra, "Osasuna" Kuboni ijaraga olmoqchi va bunga jiddiy kirishgan, qaysidir ma'noda "Osasuna" klubiga Kuboni ijaraga berish, 19 yoshli yaponiyalik iqtidor uchun eng maqbul variant bo'lishi aytilmoqda.  

Kubo uchun kurashda favoritlar qatorida, "Real Betis" va "Granada" klublari ham mavjud, "Sevilya" esa bu borada deyarli imkoniyatlaridan mahrum bo'ldi. Qaysi klub iqtidorli yosh yarim himoyachini ijaraga olmoqchi bo'lsa, madridliklar g'aznasiga futbolchi uchun har qanday vaziyatda ham 5 million evro to'lab qo'yishi kerak bo'ladi.

"Ayaks" va "Latsio" klublari qiziqishiga qaramay, Kubo Ispaniyada qolishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.as.com


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.