"Milan" klubi "Real" futbolchisini ijaraga oladi


"Real Madrid" yarim himoyachisi Oskar Rodriges faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Milan" madridliklar futbolchisini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, Madrid klubi so‘nggi ikki mavsumni "Leganes"da ijarada o‘tkazgan Rodrigesni sotib yuborishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, xavbek xizmatlariga "Vilyarreal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: www.sport.es


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив