"Real" qiziqayotgan himoyachi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi


Himoyachi Dayo Upamekano "Leypsig" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.

Yangi bitimga ko‘ra, 21 yoshli fransuz 2023 yilgacha "buqalar" tarkibida to‘p suradi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Avvalroq Upamekanoga "Real Madrid"dan tashqari "Arsenal", "Milan", "Bavariya", "Manchester Siti" va "MYU" klublari ham qiziqayotganligi haqida aytilgandi.

Dayo o‘tgan mavsumda Bundesligada 28ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga assistentlik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz



0 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив