Gvardiola: "Real" mening yanada kuchli bo‘lishimga yordam bergan"


"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo‘ladigan "Real Madrid"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Real Madrid" — har tomonlama juda kuchli jamoa. Bu jamoa mening kuchli bo‘lishimga yordam bergan. "Real Madrid" hamisha kuchli bo‘lgan. Joze Mourinyo davrida ham, Manuel Pellegrini paytida ham, va boshqa murabbiylar boshqaruvida ham. "Barselona" 10 yil davomida Ispaniyada hukmronlik qilgan paytda ular Yevropa chempionlar ligasida ketma-ket 3 marta, Primeroda esa 2 marta g‘olib chiqishgan. Ularning yutuqlaridan xursandman.

Zidanga gap yo‘q. Bunday insonlar futbolga kerak. U futbolchi bo‘lgan paytda qoyil qolardim, hozir ham u meni hayratga solyapti. Zidan fantastik futbolchi bo‘lgan. Men u bilan bir jamoada o‘ynashni istardim. Afsuski, Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘ynash menga nasib etmagan», — dedi Gvardiola "Marca" nashriga bergan intervyusida.

"Real Madrid" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 7 avgust kuni "Etixad" stadionida o‘tkaziladi. Birinchi o‘yinda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив