Italiyalik jahon chempioni dunyoning eng yaxshi ikki himoyachisini aytdi


Italiya milliy jamoasi tarkibida 1982 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan himoyachi Franko Barezi ayni damdagi jahonning eng yaxshi himoyachilarini tanladi.

Italiyalik jahon chempioni dunyoning eng yaxshi ikki himoyachisini aytdi

"Bir kishini tanlash oson emas. O‘ylashimcha, so‘nggi yillarda Serxio Ramos yutgan sovrinlari va ajoyib karerasi tufayli eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi. U yosh bo‘lmasa ham, "Real" uchun juda muhimdir.

Keyingisi – van Deyk. U sifatli o‘yini bilan "Liverpul" uchun juda muhim futbolchiga aylandi. U jamoaga juda ko‘p narsa olib keldi va uzoq yillardan so‘ng g‘alaba qozonishga ishonch berdi", – deb Barezining so‘zlarini keltiradi Goal. 

Manba: www.tribuna.com



1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив