-

Gyundogan: "Aguerosiz "Real"ga qarshi o'ynash qiyin"

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan ECHL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Aguerosiz o'ynash yoqimsiz, bizga juda qiyin bo'ladi. Unga tezroq sog'ayishini tilab qolaman, u biz uchun kerak. Endi boshqa futbolchilar yuqori planga o'tishi kerak. Tarkibimizda Jezus bor, undan tashqari sifatli futbolchilar ham etarlicha. Men ham g'alaba uchun qattiq harakat qilaman.

Raqobatchilarim ko'p, shu sababli hali asosiy tarkibda o'ynaymanmi, bilmayman. Agarda o'yinga tushsam bor kuchimni ishlataman. Balki mendan yaxshi hujumchi chiqar. Istalgan poziciyada o'ynashga tayyorman", - dedi Gyundogan.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.