-

Beyl Evro-2020dan chetda qolsa ham "Real"da qoladi

"Real Madrid" hujumchisi Garet Beyl Madridda qolishga qat’iy qaror qabul qildi.

"Mirror" - nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggzga bu haqda xabar berdi.

Shuningdek, Garet terma jamoadagi xodimlari va sheriklariga ham o‘z qarorini ma’lum qildi. Beyl "Qirollik klubi"da o‘yin amaliyotisiz qolib ketib, kelasi yili o‘tkaziladigan Yevropa chempionatidan chetda qolib ketishdan ham xavotir olmayapti.

Beyl 2019/20 yilgi mavsumda "Real Madrid" safida barcha musobaqalar doirasida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Manba: www.std.uz


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.